O'yin va ilovalar ishlab chiquvchilarga: WebMoney o'rnatilgan to'lovlari

Onlayn-o'yinlar, mobil o'yinlar va ilovalarda WebMoney'ni to'lov sifatida qabul qilish uchun o'rnatilgan to'lovdan (X20 interfeysi) foydalanish tavsiya etiladi.

To'lov qanday amalga oshiriladi

  1. Foydalanuvchi (o'yinchi) ilovangizdagi «Sotib olish» («Balansni to'ldirish») tugmasini bosadi.
  2. To'lov SMS-kod yoki USSD-so'rovga javob orqali tasdiqlanadi.

To'lov jarayoni tashqi to'lov sahifalariga o'tishni talab qilmaydi va 5-10 soniya vaqt oladi.

To'lovni namoyish etuvchi videoni tomosha qiling:

Tezkor to'lovli (hisobni to'ldirishli) o'yin va ilovalarni ishlab chiqishda o'rnatilgan to'lovdan qanday foydalanishni bilib oling.

Siz Plati.ru savdo maydonchasi va DigiSeller platformasi yordamida raqamli tovarlarni sotib, darhol pul ishlashni boshlashingiz mumkin.

Plati.ru – tovarni tezkor yetkazib beruvchi savdo maydonchasi. Tovaringizni sotishni hoziroq boshlashingiz mumkin.  Tovar tavsifini yarating, uni yuklang va muvaffaqiyatli sotuv haqidagi xabarnomani kuting.

DigiSeller platformasi bozor qurishning samarali vositasi bo'lib, 120 mingdan ortiq raqamli tovar va qariyb 5 ming reklama joyi sotiladigan do'konlar va savdo maydonchalariga  kirish imkonini beradi. Tovar to'lovdan so'ng  darhol taqdim etiladi, reklama joyini sotib olgan mijoz esa banneri qayerda va qachon ko'rsatila boshlashini doimo aniq biladi.  DigiSeller tovarlarni hisobga olish, saqlash, yetkazib berish va to'lovlarni qabul qilishni o'z zimmasiga oladi. Sizga kerak bo'lgan narsa – sotish uchun tovarlar va ozgina vaqt.