Internet-xizmatlar va loyihalarga: WebMoney muntazam to'lovlari
Internet-xizmatlar va loyihalar mijozlarning WM-hamyonlaridan muntazam to'lovlarni avtomatik ravishda olishlari mumkin. Misollar: onlayn xizmatlarga obunani avtomatik uzaytirish, mijozning shaxsiy balansini davriy to'ldirish va h.k.
Sotuvchi foydasiga to'lov uchun ishonchni SMS orqali o'rnatish (X21 interfeysi)
Mijozdan bir marta ishonch o'rnatish imkonini beradi, so'ngra uning hamyonidan muntazam ravishda to'lovni yechib olish mumkin bo'ladi ( bir hamyondan boshqasiga o'tkazmalarni amalga oshirish X2 interfeysiga qarang). Mijoz ishonch o'rnatilishini SMS-kod yoki USSD-so'rovga javob orqali tasdiqlaydi.
X21 interfeysi haqida batafsil WebMoney Wiki bilimlar bazasida o'qing.
Muntazam to'lovlar
Agar xizmatingiz Telepay.WebMoney - vitrinada xizmat ko'rsatuvchi sifatida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, o'z tovarlaringiz yoki xizmatlaringiz uchun muntazam to'lovlardan foydalanishingiz mumkin.
Muntazam to'lovlar har bir tranzaksiyani qo'shimcha tasdiqlamasdan mijozning bank kartasi yoki WebMoney hamyonidan mablag'larni yechib olish imkonini beradi (aktseptsiz to'lovlar). Ushbu xizmat muntazam oylik to'lovlarda juda qulay, masalan, domen yoki xosting xizmatlarini uzaytirish, internetga kirish uchun to'lov, yangiliklar kontentiga obuna.
Xizmat haqida va Telepay-vitrinaga qanday ulanish haqida bilib oling.
Mijozlaringiz Sizga yo'naltirilgan muntazam to'lovlarini Rebills xizmati saytida sozlashlari mumkin.