Qarz olish

Agar siz korrespondentingizdan qarz olmoqchi bo'lsangiz, undan siz uchun ishonch limitini o'rnatishni so'rang. Shundan so'ng siz qarz beruvchi siz uchun belgilagan shartlarda mablag' olishingiz mumkin bo'ladi.

Qarzni ta'minlash sifatida  Paymer xizmatida qarzingiz miqdorining ikki baravari hajmida taqdim etuvchiga so'zsiz majburiyatlar ro'yxatdan o'tkaziladi — bu mablag'lar faqat siz qarzni qaytarmagan holatdagina ishlatiladi.

Ishonch limiti bo'yicha qarz olish tartibi bilan tanishib chiqing

Formal attestatdan yuqori attestatga va 15 punktdan ortiq biznes-darajaga ega bo'lgan WebMoney Transfer tizimi ishtirokchilari Qarz xizmatida avtomatik rejimda tezkor qarzlar olish imkoniyatiga ega. Qarz hajmi (300 WMZ dan ko'p emas), muddati va foizi har bir ishtirokchi uchun individual tarzda hisoblanadi.

Qarz xizmati Debt.wmtransfer.com manzilida joylashgan, xizmatning soddalashtirilgan versiyasi mobil ilovada va Keeper Standardda ("Qarzlar" bo'limi) mavjud.