Ogohlantirish

Siz Internet tarmog'ida bir zumda tranzaksiyalar amalga oshirish imkonini beruvchi WM Keeper dasturiy ta'minotidan foydalanasiz. Dastur bilan ishlashda ehtiyot bo'ling — tizimda titul belgilarning harakati «sichqoncha»ning bir marta bosilishi bilan amalga oshiriladi.

Siz va faqat Siz WebMoney Transfer tizimidagi titul belgilaringizning istalgan harakati uchun javobgarsiz.

Agar Siz — elektron do'kon egasi bo'lsangiz va o'z saytingizda e'lon qilsangiz, Tarmoqda yoki bosma ommaviy axborot vositalarida WebMoney Transfer tizimidagi rekvizitlaringizni tarqatsangiz, Siz e'lon qilgan rekvizitlardan foydalangan holda sotib olish/sotish tegishli shartlariga rioya qilish uchun javobgarsiz.

WebMoney Transfer tizimi uning ishtirokchilari o'rtasida amal qiluvchi moliyaviy, moddiy va boshqa istalgan majburiyatlarning buzilishi uchun javob bermaydi.

Dasturiy-apparat vositasi bo'lgan tizim hisob-kitob operatsiyalarini olib borishda kimningdir manfaatlariga rioya qilinishini nazorat qilmaydi va ularning maqsadli tayinlanishidan qat'i nazar u yoki bu operatsiyalarning amalga oshirilishiga to'sqinlik qila olmaydi.

WebMoney Transfer tizimida ro'yxatdan o'tib, Siz uni noqonuniy maqsadlarda ishlatmaslik va tizimga zarar yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslikka majbursiz. WebMoney Transfer tizim, uning ishtirokchilari, shuningdek uchinchi shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun Sizning tizimdagi operatsiyalaringiz jurnalini yuritish, shuningdek Siz yuqorida ko'rsatilgan majburiyatlarni buzganingizda undan istalgan yurisdiksiyaning sud organlariga ma'lumot taqdim etish yo'li bilan foydalanish huquqini o'zida saqlab qoladi.

WebMoney Transfer tizimi spamga qarshi siyosatga amal qiladi va WM Keeper dasturiy ta'minotidan xohlanmagan ommaviy pochta tarqatishlari — spam uchun foydalanishni qat'iyan taqiqlaydi. Tizimda ro'yxatdan o'tib, Siz undan xohlanmagan reklama materiallarini, shuningdek ma'lumotlarning maxfiyligini buzuvchi xabarlarni yuborish maqsadida foydalanmaslikka majbursiz. Siz va faqat Siz o'zingiz tarqatayotgan materiallarning xarakteri va mazmuni uchun javobgarsiz. Ushbu majburiyatlar buzilgan taqdirda WebMoney Transfer Sizning tizimdagi ro'yxatdan o'tishingizni muddatsiz bekor qilishni ham o'z ichiga olgan holda, spamning oldini olish uchun zarur choralarni ko'rish huquqini o'zida saqlab qoladi.