Tizim tariflari

  • Har bir tranzaksiyani amalga oshirishda tizim WebMoney Transfer tizimidagi hisob-kitob ishtirokchilari o'rtasida axborot va texnologik o'zaro aloqani ta'minlash uchun to'lov summasining 0.8% miqdorida, lekin kamida 0.01WM* komissiya oladi.  Bunda komissiyaning maksimal miqdori quyidagicha:
WMZ 50
WME 50
WMM 500
WMX 1
WMH 30
WML 150
WMF 10
WMT 50
WMQ 50

Quyidagi hollarda tranzaksiyalar uchun komissiya olinmaydi:
- bitta WM-identifikatorning bir xil turdagi hamyonlari o'rtasida;
- bitta Attestatning bir xil turdagi hamyonlari o'rtasida (attestati boshlang'ichdan past bo'lmagan ishtirokchilar uchun).

Ro'yxatdan o'tishda ko'rsatilgan telefon raqamidan foydalanib tasdiqlash bilan operatsiyalarni bajarishda qo'shimcha komissiya olinishi mumkin

Kredit bitimlarini amalga oshirgani uchun D turidagi hamyonlar egalaridan tizim WebMoney Transfer tizimidagi hisob-kitob ishtirokchilari o'rtasida axborot va texnologik o'zaro aloqani ta'minlash uchun ular tomonidan berilgan har bir kredit summasining 0.1% miqdorida, lekin kamida 0.01 WMZ komissiya oladi.

 

Kiritish/yechib olish tariflari

Mablag'larni tizimga kiritish/tizimdan yechib olish operatsiyalari uchun agentlarning amaldagi tariflariga muvofiq haq olinadi:

Kiritish tariflari, yechib olish tariflari