Hozirgi vaqtda Tizim hamyonlarning bir necha turini qo'llab-quvvatlaydi. Ularda turli xil qimmatliklarga bo'lgan mulkiy huquqlar hisobga olinadi:
Kafilda turgan qimmatliklarga bo'lgan mulkiy huquqlarning o'lchov birligi tegishli turdagi WebMoney (WM) titul belgisidir.
Tizim ishtirokchilari tegishli kelishuvni aktseptlash orqali istalgan Kafilda hamyonlar ochish imkoniyatiga ega. Qulaylik uchun bitta foydalanuvchining hamyonlari foydalanuvchining ro'yxatga olish raqami - WMID ga ega bo'lgan xotiraga (keeper) birlashtirilgan. WMID ishlashining tavsifi, shuningdek undan foydalanish shartlari har bir ishtirokchi Tizimga qo'shilganda qabul qiladigan Mulkiy huquqlarni transfer qilish to'g'risidagi kelishuvda bayon etilgan.