Tizimning qisqacha tavsifi

WebMoney Transfer - internetda biznes yuritish uchun xalqaro hisob-kitob tizimi va muhit, 1998-yilda asos solingan. Shu vaqt ichida tizimga butun dunyo bo'ylab 45 milliondan ortiq kishi qo'shildi.   

WebMoney tizimida hisob yuritish, hisob-kitob vositalarini almashtirish, moliyalashtirishni jalb qilish, nizolarni hal qilish va xavfsiz bitimlar tuzish imkonini beradigan xizmatlar ko'zda tutilgan.

Tizimdagi barcha tranzaksiyalar bir zumda amalga oshadi va qaytarib bo'lmaydi.

WebMoney texnologiyasi Tizimning barcha ishtirokchilariga maxsus kompaniyalarda saqlanayotgan qimmatliklarga bo'lgan o'z mulkiy huquqlarini bevosita boshqarish uchun yagona interfeyslarni taqdim etishga asoslangan - Kafillarga.

Tizim ishtirokchilari istalgan Kafilda hamyonlar ochish imkoniyatiga ega.  Qulaylik uchun bitta foydalanuvchining hamyonlari foydalanuvchining ro'yxatga olish raqami - WMID ga ega bo'lgan xotiraga (keeper) birlashtirilgan.

Qimmatliklarga bo'lgan mulkiy huquqlarning o'lchov birligi tegishli turdagi WebMoney (WM) titul belgisidir.

Tizim ishtirokchilari bilan o'zaro aloqa qilish uchun har bir ishtirokchi o'z shaxsi to'g'risidagi zarur ma'lumotlarni taqdim etadi, ular taqsimlangan WM-attestatsiya xizmati orqali tekshiruvdan o'tadi va ishonchliligi tasdiqlanadi.

Boshqa ishtirokchilar bilan mulkiy huquqlarni almashtirish bo'yicha operatsiyalar asosida Tizim har bir ishtirokchi uchun ommaviy parametrni - biznes-darajani (Business Level) hisoblab chiqadi.

 

WebMoney Transfer tizimi dunyoning aksariyat mamlakatlarida faoliyat yuritadi, ammo "Mulkiy huquqlarni raqamli titul belgilari bilan transfer qilish to'g'risida"gi kelishuvga ( https://www.webmoney.com/uz/legal/transfert.shtml) muvofiq Tizim xizmatlarni to'liq yoki qisman ko'rsatmaydigan davlatlar va hududlar mavjud.
WebMoney Transfer tizimi xizmatlarni to'liq ko'rsatmaydigan asosiy mamlakatlar:
- AQSH
- Kanada
- Gonkong
- Shimoliy Koreya
- Somali
- Sudan va Janubiy Sudan

Muhim izoh:
WebMoney Transfer tizimi yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilgan mamlakatlar rezidentlariga xizmat ko'rsatmasa-da, WebMoney Transfer'ning Tizim ishtirokchilari bor, ular Kafillar hisoblanadi va turli yurisdiksiyalarda joylashgan bo'lib, ularning o'z qo'shimcha cheklovlari mavjud:
- Kafil WMT Prime CORP - bu kompaniya Panama Respublikasi rezidentlariga xizmat ko'rsatmaydi. Bu Panama Respublikasi ichidagi tartibga solish va litsenziyalash xususiyatlari bilan bog'liq.
- Kafil FinCore Reserve CORP - qo'shimcha cheklovlar yo'q.
- Kafil LanTal Mining LLC - qo'shimcha cheklovlar yo'q.
- Kafil iWon ("CHOYKHONA" MCHJ) - qo'shimcha cheklovlar yo'q.